Terri: "Milan"ga aynan Modrichdek futbolchi kerak edi"

"Chelsi" va Angliya terma jamoasi afsonasi Jon Terri 2018 yilgi "Oltin to'p" sohibi Luka Modrichning "Milan"ga o'tishi borasida o'z fikri bilan o'rtoqlashdi.
"Milan" klubi yaqin vaqt ichida "Real"ni tekinga tark etgan 39 yoshli yarim himoyachi bilan shartnoma imzolaganini rasman e'lon qilishi kutilmoqda.
"Modrich ajoyib o'yinchi, tarixdagi dunyoning eng yaxshi o'yinchisi. Ishonchim komilki, uni o'zining ko'p yillik futbolchilik faoliyati kutmoqda.
Luka ajoyib inson. U "Milan" uchun ajoyib xarid. U o'z tajribasi va maqomini Italiyaning eng yaxshi va mening sevimli jamoalaridan biriga olib keladi. U jahon darajasidagi futbolchi. Aynan "Milan"ga shunday futbolchi kerak edi", - dedi Terri Football Italia bilan suhbatda.