Mark-Andre ter Shtegen va Xansi Flik bugun uchrashadi.

“Barselona” bosh murabbiyi darvozabon bilan jamoadagi yangi roli yoki ehtimoliy ketishini muhokama qilishni rejalashtirayotgani avvalroq xabar qilingandi.

COPE jurnalisti Elena Kondisning so'zlariga ko'ra, ikkala nemis ham bazaga allaqachon etib borgan va ular gaplashishi kerak.

Klub Markga bosim o'tkazmoqchi emas, balki Joan Garsiya va Voytsex Shesniga umid bog'lashayotganini aniq ko'rsatib beradi.