Ter Shtegen operatsiya qilinadi va uzoq vaqtga safdan chiqadi

"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen belidagi muammolarni operatsiya yo'li bilan hal qilmoqchi.
Mundo Deportivo xabariga ko'ra, agar 33 yoshli nemis operatsiya bo'yicha yakuniy qarorni qabul qilsa, u jarrohlik amaliyoti sabab 4 oyga safdan chiqadi.
Kataloniyaliklar ligada Ter Shtegen o'rniga yangi kelgan Joan Garsiyani ro'yxatdan o'tkazadi.