"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen katta ehtimol bilan belidan operatsiya qilinadi va 3-4 oyga safdan chiqadi.

Klub uning o'rniga ligada Joan Garsiya va Voytsex Shesnini ro'yxatdan o'tkazadi.

Mundo Deportivo xabariga ko'ra, Ter Shtegen maoshining 80 foizi Garsiya va Shesnining ro'yxatdan o'tishiga etarli bo'ladi.

33 yoshli nemis klubda soliqlardan tashqari 6 million evro ishlab topadi.