Himoyachi Teo Ernandes bir necha yillik faoliyatidan so'ng “Milan”dan Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tadi. U Italiya klubi bilan xayrlashdi va ayniqsa, jamoaning sobiq sport direktori Paolo Maldiniga minnatdorchilik bildirdi.

"Bu klubda 6 yildan so'ng, xayrlashish vaqti keldi. 2019 yilda "Milan"ga orzular, ambitsiyalar va ishtiyoq bilan keldim. Men klub bilan unutilmas lahzalarni o'tkazdim, ayniqsa A Seriya, Italiya Superkubogini qo'lga kiritganimizda.

Jamoadoshlarimga, men ishlagan barcha murabbiylarga, ayniqsa Paolo Maldiniga menga bo'lgan munosabati, qarashlari va etakchilik qobiliyati uchun minnatdorchilik bildiraman", - dedi Teo.