Qozog'istonning Olma-ota shahridagi Gorky Tennis Park kortlarida 4-9 avgust kunlari Frantsiya tennis federatsiyasi (FFT), Osiyo tennis federatsiyasi (ATF) va Renault Group homiyligida o'tkazilayotgan 16 yoshgacha bo'lgan o'yinchilar uchun nufuzli turnir - Roland Garros Junior Series by Renault musobaqasining saralash bosqichi g'oliblari aniqlandi.

Yorqin yarim finalda o'zbekistonlik tennischi Akmal Abdullaev qozog'istonlik Ansar Nietkalievni 7-6 (3), 6-3 hisobida mag'lub etib, turnirning hal qiluvchi o'yiniga yo'l oldi. Abdullaev shu tariqa Yaponiyada bo'lib o'tadigan Roland Garros Junior Series by Renault saralashining yakuniy bosqichida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi.

O'zbekistonning yana bir vakili Alan Zinatulin qattiq kurashdan so'ng qozog'istonlik Mansur Sainovga 4-6, 6-7 (7) hisobida engildi. Endi u musobaqaning uchinchi o'rni uchun bellashadi.

O'zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati