Viktor Lindelef "Bayer"ga o'tishi mumkin.

Jurnalist Florian Plettenbergning ma'lum qilishicha, Leverkuzen klubida shvetsiyalik himoyachi nomzodi muhokama qilinmoqda, chunki uning tajribasi va etakchilik qobiliyati qadrlanadi. Bundan tashqari, "Bayer" bosh murabbiyi Erik ten Xag "Manchester Yunayted"da Lindelyof bilan birga ishlagan.

Lindelyof o'tgan mavsum oxirida "MYu"ni tark etganidan so'ng erkin agent maqomida bo'lib turibdi, o'tgan mavsumda shvetsiyalik APLda 16 ta o'yinda maydonga tushgan.