Erik ten Xag boshqaruvidagi Leverkuzenning "Bayer" klubi o'rtoqlik uchrashuvida "Flamengo U-20" jamoasiga yirik 1:5 hisobida mag'lub bo'ldi.

Bu ten Xag boshqaruvidagi "dorishunoslar" uchun ilk o'yin edi.

Niderlandiyalik mutaxassis o'yindan so'ng quyidagi fikrlarni bildirdi:

"Natija yomon ko'rinadi, lekin men uchun haqiqatan ham muhim emas — bu mavsumoldi o'yini.

Biz hatto eng mayda jihatlarda ham yutqazmasligimiz kerak, ammo men uchun eng muhimi — biror bir futbolchini yo'qotmaslik edi", - dedi ten Xag.