Tekstorning "Kristal Pelas"da umuman ulushi qolmadi. Klub endi Evropa ligasiga qaytishga umid qilmoqda

"Kristal Pelas" klubning xo'jayini Jon Tekstordan klubning 43 foiz aktsiyasini sotish bo'yicha kelishuvga erishganini rasman e'lon qildi. Xaridor sifatida amerikalik biznesmen Vudi Jonson ishtirok etdi. Bitim qiymati 190 million funtni tashkil etdi va Premer-liga tomonidan ma'qullandi.
Sky Sports xabariga ko'ra, klubdagilar UEFAning klubni Evropa Ligasidan chetlatish haqidagi qaroriga qarshi apellyatsiyada Tekstorning xo'jayinlar safidan chiqishini qonuniy rasmiylashtirish muhim rol o'ynashiga ishonmoqda. Klubdagilarning fikricha, amerikalik ketganidan keyin manfaatlar to'qnashuvi muammosi yo'qolgan, chunki avvalroq aynan uning "Lion" boshqaruvidagi parallel ishtiroki UEFA sanktsiyalariga sabab bo'lgandi.
Avvalroq UEFA "Kristal Pelas"ni Evropa Ligasidan 2024/25 yilgi mavsum uchun Konferentsiyalar Ligasiga o'tkazgandi.