Eron klublari transfer oynasida juda faol. Forslar asosiy e'tiborni nomdor futbolchilarga qaratgan.

Masalan, "Istiqlol" "Milan", "Empoli" va "Torino" sobiq hujumchisi M'Baye Nyangga qiziqmoqda. Tehron klubi 30 yoshli senegallik forvard bilan muzokara olib bormoqda. Transfermarkt portalida uning narxi 1 million evro deb ko'rsatilgan.