Tchuameni Mbappesiz "PSJ"ning EChLda g'alaba qozonganiga izoh berdi

Kilian Mbappesiz birinchi mavsumdayoq "PSJ" tarixda ilk bor Chempionlar ligasini yutishga erishdi. Bu haqda "Real" yarim himoyachisi Orelen Tchuameni fikr bildirdi.
Mbappening klub va Frantsiya terma jamoasidagi sherigi ko'pchilik vaziyatni noto'g'ri baholayotganini ta'kidladi.
"Aytish joizki, so'nggi yillarda "PSJ" safida o'ynagan har bir futbolchi jamoaning Chempionlar Ligasidagi g'alabasiga o'z hissasini qo'shgan. Buni shunday qabul qilish kerak. Sizlarning "Kilian yo'q edi va ular usiz g'alaba qozonishdi" degan gaplaringiz noto'g'ri," - deya Tchuamenining so'zlarini keltiradi Reddit.
Eslatib o'tamiz, "PSJ" Chempionlar Ligasi finalida "Inter"ni 5:0 hisobida tor-mor etgan edi.