Taniqli agent yulduz himoyachini "Barselona"ga olib kelishga harakat qilmoqda

Agent Jorje Mendesh "Inter"ning o'ng qanot himoyachisi Denzel Dyumfrisning "Barselona"ga transferini tashkillashtirishga umid qilmoqda.
29 yoshli futbolchining shartnomasida 25 mln evro tovon puli ko'rsatilgan - bu band iyul oyi oxirigacha amal qiladi. Jurnalist Janluiji Longarining so'zlariga ko'ra, Mendesh niderlandiyalikning "ko'k-anorranglilar" safiga o'tish g'oyasini faol ilgari surmoqda, biroq hozirda kelishuvda hech qanday siljish kuzatilmayapti. Kataloniya grandi rahbariyati Jyul Kundega ishonadi va u bilan yangi mehnat shartnomasi tuzishni rejalashtirmoqda. Frantsuz Xans-Diter Flik jamoasining asosiy tarkibida muntazam o'ynashda davom etishi kutilmoqda.
Transfermarkt portali Dyumfrisning bozor narxini 35 mln evroga baholamoqda. Lateralga "Aston Villa" ham qiziqish bildirmoqda.