Italiyaning “Roma” klubi darvozaboni Mile Svilar jamoada qoladi.

Bu haqda jurnalist Janluka Di Martsio xabar berdi. Manbaga ko'ra, futbolchi mavsum uchun 4 million evro maosh borasida kelishuvga erishgan. Shartnoma 5 yilga mo'ljallangan va uni sotib olish ko'zda tutilmagan.

O'tgan mavsumda 25 yoshli futbolchi klublar o'rtasidagi barcha musobaqalarda 51 ta o'yinda maydonga tushdi.