"Surxon" jamoa to'purarlaridan biri bilan xayrlashdi

So'nggi yillarda klubning eng faol futbolchilaridan biri Jahongir Abdusalomov "Surxon"ni tark etdi.
Abdusalomov 2,5 mavsum davomida jamoa safida o'ynab, barcha musobaqalarda 57 ta o'yin o'tkazdi va 15 ta gol urdi. U oliy liga doirasidagi o'yinlarda klub tarixidagi eng yaxshi 20 to'purar qatoriga kirdi
"Klub Jahongir Abdusalomovga hamkorlik uchun minnatdorlik bildiradi va unga keyingi faoliyatida omad tilaydi", - deyiladi "uchar tulporlar" xabarida.
