"Surxon" asosiy darvozaboni Superliganing boshqa jamoasiga o'tdi

"Surxon" darvozaboni Artyom Potapov faoliyatini Superliganing boshqa bir klubida davom ettiradi.
Termizliklar matbuot xizmati xabariga ko'ra, 31 yoshli rossiyalik golkiper ijara asosida "Xorazm"ga o'tdi.
Potapov joriy mavsumda jami 10 ta o'yinda 9 ta gol o'tkazib yubordi va 3 bor darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.