O'zPFL xabariga ko'ra, "Bunyodkor" bosh murabbiyi Ilyos Zeytullaev Superligada iyun oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

"Qaldirg'ochlar" Zeytullaev qo'l ostida iyun + iyul oyida 5 ta o'yinda 4 ta g'alaba va 1 ta durang qayd etdi. To'plar farqi - 10:4.

U ovoz yig'ishda Kamoliddin Tojiev ("Paxtakor"), Vitaliy Levchenko ("Neftchi") va Ro'ziqul Berdievni ("Nasaf") ortda qoldirdi.