Superliga 17-turida "Xorazm" "Surxon"ni qabul qildi. Bahsda 2:2 hisobida jangovar durang qayd etildi.

"Xorazm" safida Murodbek Bobojonov (45+3 - penaltidan) va Shahram Samiev (87), "Surxon" safida esa Sunnatilla Poyonov (4) va Rustambek Turdimurodov (79) o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi.

Shuningdek ikkala jamoada bittadan futbolchi maydondan chetlatildi: Sunnatilla Poyonov (40, Surxon), Abbos Otaxonov (70, Xorazm).

"Surxon" 20 ochko bilan turnir jadvalida 10-o'rinda, "Xorazm" 18 ochko bilan 11-pog'onada.

Manba: www.stadion.uz.