Superliga 18-turining so'nggi bahsida “Surxon” Termizda “Bunyodkor”ni qabul qildi.

O'yin 3:1 hisobida mezbonlarning g'alabasi bilan yakunlandi. “Surxon” safida Rustam Turdimurodov dublga erishdi.

Fevzi Davletov shogirdlari 23 ochko bilan 8-o'ringa ko'tarildi. "Bunyodkor" 31 ochko bilan 6-pog'onada qoldi.

Superliga. 18-tur

“Surxon” – “Bunyodkor” 3:1

Gollar: Rustambek Turdimurodov, 17 (1:0), Asilbek Jumaev, 34 (2:0), Rustambek Turdimurodov, 72 (3:0), Itsuki Urata, 90+3 (3:1)