Superliga 19-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Surxon" bahsi yakunlandi. Uchrashuvda mezbonlar 2:0 hisobida g'alaba qozondi.

7-daqiqada Kleydo Datsi penaltini aniq amalga oshirdi. 90+3-daqiqada Javohir Husanov mezbonlarning ikkinchi golini kiritdi.

"Qo'qon-1912" 18 ochko bilan 13-o'ringa ko'tarildi. "Surxon" 23 ochko bilan 8-pog'onada qoldi.

Manba: www.stadion.uz.