Superliga 17-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Neftchi" uchrashuvi yakuniga etdi. Bahsda "yo'lbarslar" 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

Mehmonlar safida Alisher Odilov 9-daqiqada hisobni ochdi. Shohruh Gadoev 83-daqiqada mezbonlarning javob to'pini kiritdi. 89-daqiqada Yovan Jokich kiritgan gol "Neftchi"ga 3 ochko taqdim etdi.

Farg'onaning bosh jamoasi 33 ochko bilan turnir jadvalida 2-o'ringa chiqib oldi. "Qo'qon-1912" 12 ochko bilan 15-pog'onada.

Manba: www.stadion.uz.