Superliga. "Navbahor" va "So'g'diyona" o'zaro murosa ko'chasini tanladi

Biroz oldin Superliga 17-turi doirasidagi "Navbahor" - "So'g'diyona" bahsi yakuniga etdi.
Mazkur to'qnashuvda jamoalar kuchi teng keldi - 1:1.
Dastlab, 8-daqiqada maydon egalari safidagi Zabihillo O'rinboev hisobni ochgan bo'lsa, mehmonlar tarkibidagi javob goliga Zoir Jo'raboev mualliflik qildi.
Shu tariqa, jamoalar bir ochkodan bo'lishib oldi.