Superliga 18-turining markaziy o'yinlaridan birida “Andijon” o'z maydonida “Navbahor”ni qabul qildi.

Uchrashuv 1:0 hisobida namanganlik futbolchilarning g'alabasi bilan yakunlandi. Ruslanbek Jiyanov 89-daqiqada yagona golga mualliflik qildi.

Bu natijadan so'ng Maksim Shatskix shogirdlari ochkolari 21 ochko bilan 9-o'ringa qoldi. «Navbahor» esa 31 ochko bilan 5-pog'onaga ko'tarildi.

Superliga. 18-tur

Andijon – Navbahor 0:1

Gol: Ruslanbek Jiyanov 89