Superliga 16-turida "Nasaf" Jizzaxda "So'g'diyona" ustidan 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

O'yinda Husayn Norchaev 6-daqiqada hisobni ochdi, 27-daqiqada Otabek Ahadovning avtogoli evaziga oradagi farq ikkitaga etdi. 58-daqiqada Rubin Xebay mezbonlarning yagona javob golini kiritdi.

"Ajdarlar" 36 ochko bilan peshqadamlikni mustahkamladi.

"So'g'diyona" 16 ochko bilan 11-o'rinda.

"So'g'diyona" — "Nasaf" 1:2
Gol: Husayin Norchaev 6, - 0:1 (Stefan Cholovich). Otabek Ahadov 27 avtogol, - 0:2. Rubin Xebay 58, - 1:2.

Manba: www.stadion.uz.