Superliga 18-turida “Dinamo” klubi Samarqandda “Paxtakor”ni qabul qildi.

Bellashuv 1:1 hisobida yakunlandi. O'yinda dastlab Richard Fraydey hisobni ochdi. 85-daqiqada Bobir Abduxoliqov “sherlar”ning yagona goliga mualliflik qildi.

Natijada Vadim Abramov shogirdlari ochkolari sonini 34 ochkoga etkazib, 3-o'ringa ko'tarildi. “Paxtakor” esa 30 ochko bilan 6-pog'onada qoldi.

Superliga. 18-tur

"Dinamo" - "Paxtakor" 1:1

Gollar: Richard Fraydey, 19 (1:0), Bobir Abduxoliqov, 85 (1:1)