Superliga. "Dinamo" Jizzaxda so'nggi daqiqalarda penaltidan gol o'tkazib yuborib, "So'g'diyona" bilan durang o'ynadi

Superliga 20-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Dinamo" uchrashuvi yakuniga etdi. Bahsda 1:1 hisobidagi durang qayd etildi.
Mehmonlar safida 30-daqiqada Mahmudjon Mahamadjonov hisobni ochdi. Mezbonlar bu golga 90+10-daqiqada Lyupcho Dorievning penaltidan urgan goli evaziga javob qaytardi.
"Dinamo" 38 ochko bilan turnir jadvalida uchinchi o'rinda qoldi. "So'g'diyona" 21 ochko bilan 11-pog'onada.
Manba: www.stadion.uz.