Superliga 18-turida “Xorazm” klubi safarda “Buxoro”ga qarshi o'ynadi.

Bellashuv 1:1 hisobida yakunlandi. Shahram Samiev birinchi bo'lib, urganchliklar safida gol urdi. 90-daqiqada Dominik Begich muvozanatni tikladi.

Natijada “Buxoro” ochkolari sonini 14taga etkazib, 15-o'rinda bormoqda. “Xorazm” 19 ochko bilan 12-pog'onada qoldi.

Superliga. 18-tur

"Buxoro" - "Xorazm" 1:1

Gollar: Shahram Samiev, 55 (0:1), Dominik Begich, 90 (1:1)