Superliga 17-turida "Bunyodkor" o'z maydonida autsayder "Sho'rtan"ni qabul qildi. Bahsda 1:1 hisobi qayd etildi.

Mezbonlar vakili Imedia Ashortia 31-daqiqada hisobni ochgan edi, 45+5-daqiqada G'anisher Qodirov mehmonlarning javob golini kiritdi.

86-daqiqada mezbonlar himoyachisi Najmiddin Normurodov ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi.

"Bunyodkor" 31 ochko bilan 5-o'rinda, "Sho'rtan" 10 ochko bilan so'nggi 16-pog'onada.

Manba: www.stadion.uz.