Superliganing 19-turida "Bunyodkor" o'z maydonida "Buxoro" jamoasini qabul qildi.

Uchrashuvda "qaldirg'ochlar" 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

"Bunyodkor" – "Buxoro" 2:1

17.08.2025, soat 20:00

Toshkent, JAR stadioni

Gollar: Matiya Krivokapich 49, Najmiddin Normurodov 70 (avtogol), Amir To'raqulov 90+3.

"Bunyodkor": Abdumavlon Abdujalilov, Nikoloz Mali, Najmiddin Normurodov, Martin Shroler (Rasul Yo'ldoshev, 76), Imeda Ashortia (Ollobergan Karimov, 83), Marko Bugarin, Nosir Abdusalomov (Temurxo'ja Abduxoliqov, 71), Asadbek Rahimjonov (Amir To'raqulov, 83), Itsuki Urata, Matiya Krivokapich, Sardor Abdunabiev (Muzaffar Olimjonov, 71).

"Buxoro": Shirinboy Abdullaev, Sardor Qulmatov, Javohir Ro'ziev (Amirbek Saidov, 90+1), Toma Tabatadze (Bilol To'pliev, 60), Frane Chiryak (Ravshan Xayrullaev, 60), Muhammad Yo'ldoshev, Asilbek Qayumov (Ibrohim No''monov, 74), Dominik Begich (Azizbek Amonov, 60), Marko Kolakovich, Frane Ikich, Shahboz Jo'rabekov

Ogohlantirishlar: Najmiddin Normurodov (40), Marko Bugarin (66).