Superliga. "Bunyodkor" Farg'onada yulduzli "Neftchi"ni taslim qildi

Superliga 16-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Bunyodkor" o'yini yakunlandi. Bahsda "qaldirg'ochlar" 2:1 hisobida g'alaba qozondi.
O'yinda Martin Shroler 50-daqiqada hisobni ochdi, Boyan Tsiger muvozanatni tikladi. 87-daqiqada Sardor Abdunabiev kiritgan gol toshkentliklarga 3 ochko keltirdi.
"Bunyodkor" 30 ochko bilan 2-o'ringa chiqib oldi. "Neftchi"da ham xuddi shuncha ochko bor, ular 3-o'rinda.
Manba: www.stadion.uz.