Superliga. Aliboevning yagona goli "Neftchi"ga Vodiy derbisida juda muhim 3 ochkoni keltirdi

Superliga 19-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Neftchi" uchrashuvi yakunlandi. Bahsda farg'onaliklar 1:0 hisobida g'alaba qozondi.
"Yo'lbarslar" yarim himoyachisi Ikrom Aliboevning 33-daqiqada uzoq masofadan yo'llagan zarbasi golga aylandi. Bu gol mehmonlarga 3 ochko keltirdi.
"Neftchi" 39 ochko bilan peshqadamlikni qo'lga oldi. "Navbahor" 31 ochko bilan 6-o'rinda.
Manba: www.stadion.uz.