Superliga. 1-davrada jami necha bor penalti belgilandi?

O'zPFL rasmiy telegram-kanali Superliga 1-davrasida penaltilar bo'yicha statistikani taqdim etdi.
Unga ko'ra, hakamlar 1-davrada jami 34 ta penalti belgilashgan. Ulardan 23 tasi gol bilan yakunlangan bo'lsa, 11 tasi noaniq chiqqan.
