Superkompyuter Bundesligada g'olib bo'lish uchun jamoalarning imkoniyatlarini baholadi

"Bavariya" - Bundesligada g'oliblikka asosiy da'vogar.
Opta superkompyuteri Germaniya chempionatining yangi mavsumida 10 000 ta simulyatsiya o'tkazdi. 52,9 foiz holatda Myunxen klubi birinchi o'rinni egallagan.
Chempionlik uchun favoritlarning dastlabki oltiligi quyidagicha:
1. «Bavariya» – 52,9%;
2. «Bayer» – 16,9%;
3. «Borussiya» Dortmund – 15,8%;
4. «Ayntraxt» – 4,4%;
5. «Shtutgart» – 2,9%;
6. «RB Leyptsig» – 2,5%.
Manba: Opta