"Chelsi" Kendri Paesni "Strasburg"ga ijaraga berdi.

Klublar 18 yoshli yarim himoyachini kelasi mavsum yakuniga qadar ijaraga olish bo'yicha kelishuvga erishgan.

O'tgan yilni Paes Ekvadorning "Independente" klubida o'tkazdi.

Ta'kidlash kerakki, bu londonliklarning joriy mavsumda frantsuz klubiga amalga oshirgan 4-transferi bo'ldi.

Bungacha "ko'klar" darvozabon Mayk Pendersni ijaraga berishgandi. Shuningdek, 21 yoshgacha bo'lganlar jamoasidan yarim himoyachi Matis Amugu va himoyachi Ishe Samuels-Smit ham sotib yuborildi.

Eslatib o'tamiz, "Strasburg" ham "Chelsi" kabi BlueCo guruhiga tegishli.