“Chelsi” vingeri Rahim Sterling “Bayer” futbolchisiga aylanishi mumkin, deya xabar beradi BBC jurnalisti Semi Mokbel.

Manbaga ko'ra, Sterling “ko'klar” ustozi Entso Mareskaning rejalaridan o'rin olmagan va shu yozda klubni butunlay tark etishi mumkin.

O'tgan mavsumda Rahim “Arsenal”da ijara asosida o'ynadi. Mavsum yakuniga etganidan so'ng “Chelsi”ga qaytdi.

Unga Evropaning boshqa jamoalari ham qiziqish bildirayotgani xabar qilingan.