"Sporting" Portugaliya chempionatini safardagi g'alaba bilan boshladi

Juma kuni Portugaliya chempionati yangi mavsumiga start berildi. O'tgan mavsum chempioni "Sporting" "Kasa Piya" klubi mehmoni bo'ldi. Favorit bu uchrashuvda o'z so'zini aytdi va haqli ravishda g'alaba qozondi.
42-daqiqada Fransishku Trinkan chempionatning ilk golini urgan bo'lsa, ikkinchi bo'lim o'rtalarida Morten Yulmann mehmonlarning ustunligini mustahkamladi - 0:2.