“Sporting”ning yangi himoyachisi jamoa uchun debyut gollarini urdi

“Sporting” himoyachisi Rikardu Mangash Portugaliya chempionatining 2-turida “Aroka” darvozasiga gol urdi.
“Sporting” bahsda 6:0 hisobida g'alaba qozondi.
O'yinda Rikardo Mangash dubl qayd etdi, bu uning Portugaliya klubi libosidagi dastlabki gollari bo'ldi.
Oldinroq “Sporting” 27 yoshli himoyachini “Spartak”dan sotib olgandi. Bitim 300 ming evroni tashkil qildi.
Mangash jamoa bilan 2029 yilgacha mo'ljallangan mehnat shartnomasini imzoladi.
Ta'kidlash joizki, himoyachi kecha "Sporting" safida birinchi marta asosiy tarkibda maydonga tushdi.