Sport kurashlari. Yana ikki polvonimiz jahon chempioniga aylandi

Gretsiya poytaxti Afina shahrida sport kurashlari bo'yicha U17 yosh toifasida o'tkazilayotgan jahon chempionatida yunon-rum kurashi bahslari o'z yakuniga etdi.
Unda 51 kilogrammgacha vaznda mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Otabek Tursunov so'nggi hal qiluvchi final bellashuvida ozarbayjonlik Hikmat Hagverdievni 4:1 hisobida enggan bo'lsa, -71 kg vazndagi polvonimiz Behruzbek Valiev gretsiyalik Dimitrios Soulis ustidan 3:1 hisobida zafar quchdi.
Shu tariqa, Otabek va Behruzbek terma jamoamizga ikkita oltin medalni taqdim etdi. Natijada O'zbekiston terma jamoasi 4 ta oltin medalni qo'lga kiritgan holda umumjamoa hisobida ikkinchi bo'ldi. Eslatib o'tamiz, kuni kecha yunon-rum kurashi bo'yicha Bunyod Hasanov va Abdulaziz Xolmirzaev ham jahon chempioniga aylangan edi.