Matbuotda "Krasnodar" o'z sardori, hujumkor yarim himoyachi Eduard Spertsyanni "Sautgempton"ga qo'yib yubormagani haqida yozgan edi.

"Krasnodar" ingliz klubining hozirgi maqomi va Angliyadan pul o'tkazishda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolarni hisobga olib, Spertsyanning "Sautgempton"ga o'tishini xohlamadi.

Shu sababli “Krasnodar” va futbolchi Evropada boshqa variantlarni kutish yaxshiroq degan umumiy qarorga kelishdi.

Bu haqda «Chempionat» sahifalarida xabar berilgan.