Soule: "Evan Fergyuson menga Iguain va Batistutani eslatmoqda"

"Roma" vingeri Matias Soule yangi jamoadoshi Evan Fergyuson haqida gapirdi.
Shanba kuni irlandiyalik hujumchi rimliklarga o'rtoqlik uchrashuvida "Kayzerslautern"ni mag'lub etishga yordam berib, o'yindagi yagona golga mualliflik qildi.
"Evan - yaxshi yigit, uning ta'siri allaqachon sezilmoqda. Men u bilan inglizcha gaplashishga harakat qilaman, lekin uddalay olmayapman. U texnik va jismoniy jihatdan juda iqtidorli. Umid qilamanki, u "Roma"da o'zining eng yaxshi fazilatlarini ko'rsatadi. U menga kimni eslatyapti? Iguain va Batistuta", - deya Soulening so'zlarini keltiradi jurnalist Alfredo Pedulla.
"Roma" Evan Fergyusonni Angliyaning "Brayton" klubidan mavsum oxirigacha 40 mln evroga sotib olish sharti bilan ijaraga oldi.