"Tottenxem" vingeri Son Xyon Min faoliyatini MLSda davom ettirishi kutilmoqda, deya xabar bermoqda Fabritsio Romano.

Manbaga ko'ra, "Los-Anjeles" 33 yoshli futbolchi bilan bitim tuzishga optimistik qaramoqda - muzokaralar yuqori bosqichda va yakunlanish arafasida.

Eslatib o'tamiz, Son bugun "Tottenxem"ni tark etishini e'lon qilgandi, shu bois jarayon tezlashishi mumkin.

2015 yilning yozida "Tottenxem" Son uchun "Bayer"ga 25 million evro to'lagan. U o'tgan mavsumda 46 ta o'yinda 11 ta gol va 11 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.