Slot Virtsning ingliz futboliga moslashuv jarayoni haqida fikr bildirdi

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot yarim himoyachi Florian Virtsning Angliya futboliga moslashuvi haqida fikr bildirdi.
Nemis yozda "qizillar" safiga Leverkuzenning "Bayer" klubidan kelib qo'shildi.
"Virts Bundesligada o'ynadi, u erda har uch-to'rt kunda o'ynashga odatlangandi, ammo ikki oydan so'ng biz undan Premer-liga va Bundesligadagi intensivlik darajasini taqqoslash yoki taqqoslamaslikni so'rashimiz kerak bo'ladi," - dedi Slot matbuot anjumanida.
Florian Virts "Liverpul"ga 125 mln evroga tushgan. 22 yoshli futbolchi "Bayer" safida barcha musobaqalarda 197 ta o'yinda 57 ta gol va 65 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.