Slot Virtsni etuk futbolchi sifatida ko'rmoqda

Arne Slot Florian Virtsni etuk o'yinchi sifatida ko'radi.
22 yoshli yarim himoyachi yozda "Bayer"dan "Liverpul"ga o'tgan edi.
"Aslida biz uni yosh futbolchi deb hisoblashimiz mumkin, lekin men bunday deb hisoblamayman. U Germaniya kubogi va chempionatida g'olib chiqdi, uning asosiy kuchi mentalitetda.
Bu ko'p narsani anglatadi, chunki uning o'yinini ko'rganingizda, u juda kreativ. U psixologik jihatdan kuchli, uni na transfer narxi, na boshqa narsa chalg'itadi.
Yaxshi o'yinchilar har doim yaxshi jamoalarda munosib o'ynash yo'lini topishadi. U Angliyaga, ligaga, uning darajasiga va jamoadoshlariga moslashishi kerak. Uning moslashuvi allaqachon ancha yaxshi, hatto biz kutgandan ham yaxshiroq o'tdi," - dedi "Liverpul" bosh murabbiyi.