Slot Virts va Ekitikening o'yini haqida fikr bildirdi

"Liverpul" yakshanba kuni o'z muxlislarini ranjitdi. Arne Slot jamoasi Angliya Superkubogida "Kristal Pelas"ga penaltilar seriyasida mag'lub bo'ldi. O'yindan so'ng Slotdan Florian Virts va Ugo Ekitikening o'yini haqida so'rashdi. Ikkala futbolchi ham ikkinchi bo'limda almashtirildi.
"Virts va Ekitikeni katta pulga sotib oldik, lekin ular bosim bilan qanday kurashishni bilishadi. Ikkalasi ham yaxshi o'yin ko'rsatdi," - dedi Slot.
Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, Florian Virts va Ugo Ekitikeni sotib olish uchun "Liverpul" 205 million evro sarflagan.