Slot: "Virts Trentning o'rnini yopa oladi"

Angliyaning "Liverpul" klubi ustozi Arne Slot germaniyalik yarim himoyachi Florian Virts bilan shartnoma imzolagani haqida fikr bildirdi. "Qizillar" germaniyalikni Leverkuzenning "Bayer" klubidan 125 million evroga sotib oldi.
"Virts hujum chizig'iga kreativlik qo'shadi. Aleksandr-Arnold transferidan so'ng biz himoya tomondan yo'qotishga uchradik. Trentning uzatmalari va yorib o'tishlari jamoamiz uchun juda muhim edi. Florian ham xuddi shunday xususiyatlarga ega, ammo u boshqa pozitsiyada o'ynaydi," - deya niderlandiyalik mutaxassisning so'zlarini keltiradi This is Anfield.
Eslatib o'tamiz, Trent Madridning "Real" klubiga o'tgan, Virts esa "Liverpul" bilan 5 yillik mehnat shartnomasini imzolagan edi.