"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot Angliya Premer-ligasi boshlanishi oldidan matbuot anjumani o'tkazdi.

"Bu yilgi mavsumda biz uchun Premer-ligada o'tgan yilga qaraganda qiyinroq bo'ladi. Chunki har bir jamoa transfer bozorida ajoyib ish qildi va jiddiy kuchaydi. O'tgan mavsumda tayyorgarlik ko'rish uchun ko'p vaqtimiz bo'lmadi, bu yil esa turli qiyinchiliklarga duch keldik. Albatta, biz tayyormiz va eng zo'r bo'lish uchun bor kuchimizni beramiz", - deya qo'shimcha qildi Arne Slot.

Eslatib o'tamiz, "Liverpul" Angliya chempionatining yangi mavsumidagi ilk o'yinini 15 avgust, juma kuni "Bornmut"ga qarshi o'tkazadi.