Slot Kezaning yangi mavsumdagi istiqbollari haqida fikr bildirdi

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot vinger Federiko Kezaning yangi mavsumdagi istiqbollari haqida fikr bildirdi.
"Agar Kesa mavjud bo'lsa, unda ko'proq o'yin vaqti va natijalarimizga ta'sir qilish uchun ko'proq imkoniyat bo'ladi. U hozir bo'lgan formada qolishi muhim. Men o'tgan mavsumning aksariyati bilan solishtirganda hozir boshqacha Federikoni ko'rmoqdaman. Bu mutlaqo normal holat, chunki o'tgan yili u butun mavsum oldi yig'inlarni o'tkazib yubordi. Hozir u ancha yaxshi formada", - dedi Slot jurnalistlarga.
APLning 1-turida “Bornmut”ga qarshi o'yinda Keza zaxiradan maydonga tushdi va g'alaba golini kiritdi.