Slot Jotaning o'limi futbolchilarga qanday ta'sir qilganini aytdi

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot Diogu Jotaning o'limi jamoa futbolchilariga qanday ta'sir qilgani haqidagi savolga javob berdi.
28 yoshli Jota va uning 25 yoshli ukasi Andre Silva 3 iyul kuni Ispaniyada sodir bo'lgan YTHda halok bo'ldi. Ushbu fojiadan so'ng "Liverpul" futbolchi xotirasiga 20-raqamni muomaladan chiqardi.
"Futbolchilar besh-olti hafta oldin kutganimdan ancha yaxshi. O'sha daqiqada yana qanday qilib o'ynash mumkindek tuyuldi. Lekin ular o'zlarini juda, juda, juda yaxshi tutishardi. Ikkala tomondan ham: ular inson sifatida ham, professional futbolchi sifatida ham ajoyib edilar. Shuning uchun qattiq ishlashimizga to'g'ri keldi va biz buni boshladik," - dedi Slot Sky Sports’ga bergan intervyusida.