Slot allaqachon Kezaning rejalaridan xabardor

"Liverpul" vingeri Federiko Keza yozda klubni tark etib, Italiyaga qaytish niyatida.
Futbolchi Angliyadagi debyut mavsumida o'zini ko'rsata olmadi - endi u o'z vatanida faoliyatini qayta boshlashga umid qilmoqda. Insayder Fabritsio Romanoning yozishicha, "qizillar" bosh murabbiyi Arne Slot Keza ketishni istayotganini juda yaxshi biladi. Aynan shuning uchun mutaxassis 27 yoshli futbolchini jamoaning Osiyodagi mavsumoldi yig'iniga olib bormaslikka qaror qildi.
Federiko Kezega "Atalanta" qiziqish bildirmoqda. Avvalroq, "Yuventus" sobiq yulduzi "Milan", "Napoli" va A Seriyaning boshqa top-klublariga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.