"Siti" argentinalik iqtidorini 1 mavsumga La Liga klubiga ijaraga bermoqchi

"Manchester Siti" hujumkor yarim himoyachisi Klaudio Echeverri jamoani tark etishi mumkin, deya xabar bermoqda Fabritsio Romano.
Manbaga ko'ra, ingliz klubi Echeverrini "Jirona"ga bir mavsumga ijaraga bermoqchi.
Klaudio va "Jirona" tez orada yakuniy qarorga kelish uchun muzokaralar olib bormoqda.
19 yoshli argentinalik "shaharliklar" safiga yanvar oyida "River Pleyt"dan kelib qo'shilgandi. Uning hisobida inglizlar safida 3 ta o'yinda 1 ta gol bor.