"Liverpul" va "Marsel"dagi o'yinlari bilan tanilgan frantsiyalik sobiq hujumchi Djibril Sisse muxlislarni hujumchi Kilian Mbappega hurmat ko'rsatishga chaqirdi.

"Chempionlar ligasidagi muvaffaqiyat uzoq muddatli loyiha. Markinos Tiago Silva va Zlatan Ibrahimovichga minnatdorchilik bildirdi. Bu odamlar Parij klubining o'sishiga yordam berishdi. Kilian "PSJ" uchun juda ko'p ish qildi, buni hurmat qilish kerak", - dedi Sisse.

Mbappe "PSJ" safida 356 uchrashuvda 256 ta gol urdi va 110 ta golli uzatmani amalga oshirdi.